O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Taʼlim, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish, savdo, sanoat kabi ko‘plab sohalarda amalga oshirilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari zamon talabidan kelib chiqib boshlangan, davlatimiz rahbari ularning aksariyatini borib ko‘rgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev  Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

 

Xususan, Prezidentimiz o‘tgan yili 16 oktyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi va Temurbeklar maktabining qurilishini ko‘zdan kechirgan edi. Bugunga kelib, u qurib bitkazilgan. Akademiyaning mavjud binolari rekonstruksiya qilingan. Maktab uchun o‘quv korpusi, jismoniy-harbiy mashg‘ulotlar maydoni, stadion, avtodrom, yotoqxona, oshxona barpo etilgan.

Davlatimiz rahbari 2020 yil 31 yanvar kuni Geologiya fanlari universiteti qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Shundan buyon bu yerda juda katta hajmdagi ishlar bajarildi. 6 ta ko‘p qavatli imorat barpo etilib, 4 tasi rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda bunyodkorlik ishlari yakunlanish arafasida. Bu yerda universitet bilan birga sohaga taalluqli ilmiy institutlar joylashtiriladi, Geologiya muzeyi, kutubxona, yotoqxona va boshqa binolar bo‘ladi.

Yunusobod tumanida Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilmoqda. 5 qavatli ikkita o‘quv majmuasi, 8 qavatli maʼmuriy bino va 4 qavatli yotoqxona qad ko‘tarmoqda. Ularni shu yil oktyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, loyihaning ikkinchi bosqichida institut o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari va ularning oilalari uchun ijtimoiy obyektlar barpo etiladi.

Taʼlim sohasidagi ulkan loyihalardan biri bu “Yangi O‘zbekiston” universiteti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 iyundagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur taʼlim maskani joriy o‘quv yilining o‘zidayoq ilk talabalarni qabul qildi. Shu bois, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ayrim binolari ajratilib, zamonaviy taʼmirlandi.

Kelgusida “Yangi O‘zbekiston” universiteti uchun zamonaviy o‘quv kampusi bunyod etiladi. Bu borada xalqaro standartlar asosida loyiha ishlab chiqilib, dastlabki ishlar boshlab yuborilgan.

Prezidentimiz 2019 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrifi chog‘ida ushbu maktab yonida IT-park filialini tashkil etish, unga yoshlarni jalb qilib, tajriba oshirishi uchun keng sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

Hozirda ushbu bino qurib bitkazilib, zamonaviy jihozlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasida ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida kardiojarrohlik, transplantologiya va neyro-qon-tomir jarrohligi bo‘limlari uchun yangi bino qurilmoqda. Buning natijasida mazkur murakkab amaliyotlar uchun zamonaviy sharoit yaratiladi, yiliga qo‘shimcha 3 ming bemorga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu yangi majmua qurilishi shu yil sentyabrda yakunlanadi.

 Mudofaa vazirligining avvalgi klinik gospitali o‘tgan asrning qirqinchi yillarida qurilgan, eskicha tartibda ishlab kelayotgan edi. Davlatimiz rahbari 2018 yilda u yerga borib, shifoxonani rekonstruksiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, boshqaruvda zamonaviy menejmentni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosida katta hajmdagi qurilish va taʼmirlash ishlari bajarilmoqda. Markaziy harbiy klinik gospital shu yil dekabrdan yangilangan binoda faoliyat boshlaydi.

“Xavfsiz shahar” boshqaruv situatsion markazi, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari, sanoat korxonalari, yo‘l va ko‘priklar qurilishining borishi bo‘yicha ham maʼlumot berildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi | Zamon.uz