O'zbekiston

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Mehnat munosabatlarida ish haqining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi xodimning eng muhim huquqlaridan biri hisoblanadi. Ish beruvchi tomonidan mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq majburiyatlarning bajarilmasligi esa xodimning moddiy manfaatlariga bevosita taʼsir qiladi.



Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida ana shunday mehnat munosabatlaridan kelib chiqqan qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq ijro ishi mavjud bo‘lgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2026 yil 16 martdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “I.-M.” DKdan undiruvchi A.X. foydasiga jami 195 983 534 so‘m mablag‘ undirish belgilangan.



Ijro hujjati 2026 yil 8 aprel kuni Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Karabayeva ish yurituviga kelib tushgan va shu kuni qonunchilikda belgilangan tartibda ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Ijroni taʼminlash maqsadida qarzdor tashkilotning moliyaviy va mulkiy holati o‘rganilib, “MIB-portal” elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborilgan. Natijada qarzdorga tegishli avtotransport vositalari va ko‘chmas mol-mulklar aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda bandlov choralari qo‘llanilgan.



Shuningdek, 2026 yil 24 aprel kuni qarzdor tashkilotning bank hisob raqamlariga band solinib, ijro hujjati talablarining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qonuniy choralar ko‘rilgan.

Ko‘rilgan ijro choralari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 983 534 so‘m to‘liq to‘lab berildi.



Shu tariqa xodimning kechiktirilgan ish haqi bilan bog‘liq kompensatsiyalari, mehnat munosabatlari bekor qilinishidagi kechikish uchun to‘lov hamda maʼnaviy zarar summasi to‘liq undirilib, uning qonuniy manfaatlari taʼminlandi.

 

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Tadbir MIB va YHXB hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryoda fuqaro MIB orqali ishga tiklandi

Qashqadaryoda fuqaro MIB orqali ishga tiklandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 2021 yildan beri ishlab kelayotgan ishxonasidan g‘ayriqonuniy bo‘shatilgan.