Sankt-Peterburgda 100 nafar oʼzbekistonlik mehnat migranti rus tiliga oʼqitiladi
Rossiya Federatsiyasi hududida oʼzbekistonlik mehnat migrantlarini kasb-hunar va rus tiliga oʼqitish ishlarini oʼrganish maqsadida ushbu davlatda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Ishchi guruhi boʼlib turibdi.

Ishchi guruhi aʼzolari Sankt-Peterburgdagi “Promstroy" masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbariyati bilan yurtdoshlarimizni rus tiliga oʼqitish ishlarini tashkil etish boʼyicha uchrashuv oʼtkazdi.
Uchrashuvda mazkur korxona ishlayotgan 100 nafar oʼzbekistonlik mehnat migrantlarini Rossiya Xalqlar doʼstligi universiteti dasturi asosida bepul rus tili kursiga oʼqitishni boshlash boʼyicha kelishib olindi.
Oʼquv kurslari tez kunda boshlanadi.







