Urgutda 1 kilogramm “opiy” sotayotgan ayol ushlandi
Jinoyatning katta-kichigi boʼlmaydi. U qay turda, kim tomonidan sodir etilishidan qatʼiy nazar qonun olidida birdek javobgar.


21 avgust kuni Samarqand viloyati IIB jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Mirzabog‘lon-Chep mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan T.I. ismli ayol 18 ming AQSH dollari evaziga A. ismli shaxsga 1 kilogramm 240 og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Shu kuni giyohvandlik moddasini olib chiqishda T.I.ga yaqindan yordam bergan Sh.O. ham ushlandi.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kitoblik ayolning xonadonidan katta miqdorda “kannabis” giyohvandlik o‘simligi topilgani hamda farg‘onalik fuqaro tomorqasida giyohvand modda yetishtirayotgani haqida xabar berilgandi.







