Jamiyat

Vaksina olmagan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federasiyasiga kiritiladimi?

Soʻnggi paytlarda aholidan “Vaksina olmagan Oʻzbekiston fuqarolariga Rossiya hududiga kirishga ruhsat beriladimi?” kabi savollar kelib tushmoqda. SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda ushbu savollarga javob berdi.

Vaksina olmagan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federasiyasiga kiritiladimi?

 

 

«Bugungi kunda «COVID-19» infeksiyasidan himoyalanish uchun har bir mamlakat oʼz tartib-qoidalarini ishlab chiqmoqda. Bunday tartib yurtimizda ham oʼrnatilgan boʼlib, bu — xalqimizni koronavirusdan himoya qilishning asosiy koʼrsatkichlaridan biri sanaladi.

 

Shu maʼnoda, agar turmush oʼrtogʼingiz hozirgacha vaksina olib ulgurmagan boʼlsa, u ayni paytda Rossiya Federatsiyasining Oʼzbekiston fuqarolariga qoʼyilgan talablari asosida ushbu davlatga kiritiladi.

 

Yaʼni bugungi kunda mazkur mamlakatga kiruvchi Oʼzbekiston fuqarolari «COVID-19»ga qarshi toʼliq emlangan yoki kasallanib, antitanachalar hosil qilgan boʼlsa, PZR-test topshirishi shart boʼlmaydi va ular joriy yil 11 iyunda Rossiyada oʼrnatilgan tartibga koʼra, vaktsina olganlik sertifikati yoki kasallanib chiqqandan keyingi maʼlumotnoma bilan ushbu davlatga kira oladilar.

 

 Vaktsina olmagan yoki kasallanib, antitanachalar hosil qilmagan fuqarolar esa 5 kun davomida 2 marta PZR-test natijasi manfiy chiqqan taqdirdagina Rossiya Federatsiyasiga kiritiladi.

 

 Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasida oʼrnatilgan tartibga koʼra, joriy yil 1 sentyabrdan Oʼzbekiston fuqarolari «Puteshestvuyu bez COVID-19» nomli mobil dasturdan roʼyxatdan oʼtishlari va ushbu mamlakatga kirishdan 3 kundan koʼp boʼlmagan muddatda topshirilgan PZR-test natijasi oldindan kiritilishi va ushbu mobil dastur orqali bu holat tahlilidan soʼng mazkur davlatga kirishga ruxsat etilishi yoki yoʼqligi belgilandi».

Vaksina olmagan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federasiyasiga kiritiladimi? | Zamon.uz