Jamiyat

"Aroq quyonni ham sheʼr qiladi". Sarhush holatda ko‘pchilikni tinchini buzgan shaxs hammadan kechirim so‘radi

Narpay tumanida yashovchi X.Husan oshxonada spirtli ichimlik isteʼmol qilib, shu yerdagi fuqarolarning tinchini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan.

"Aroq quyonni ham sheʼr qiladi". Sarhush holatda ko‘pchilikni tinchini buzgan shaxs hammadan kechirim so‘radi

 

 

Chaqiruvga asosan, voqea joyiga tuman IIB profilaktika inspektori yetib kelib, fuqaroning bezorilik harakatlarini to‘xtatib, holatni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan vaqtida, X.Husan profilaktika inspektorining qonuniy talablarini bajarmasdan, uni haqorat qilib, yuz qismiga urib, xizmat vazifasini bajarishiga faol qarshilik ko‘rsatgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning  21 iyul kuni Urgut tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1989 y.t. fuqaro Sh.Sh.  “Telegram” internet tarmog‘idagi  guruh aʼzolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan edi.