Jamiyat

Maʼmuriy qamoq jazosidan so‘ng qarzdor ota aliment to‘ladi

Oila muqaddas qo‘rg‘on. Bu qo‘rg‘onga darz ketsa, farzandlar eng ko‘p aziyat chekadi. Ota-onaning ajrashishi oqibatida ko‘pincha bir yoki bir necha farzandi bilan ota uyiga qaytgan onalar moddiy jihatdan qiynaladi. Noiloj, aliment masalasida sudga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Lekin alimentchi ota tomonidan o‘z vaqtida to‘lov amalga oshirilmaydi. U haqiqiy daromadlarini yashiradi. Ishsizligini bahona qilib, aliment miqdorini kamaytirishga urinadi. Ammo norasida bolaning haqqini hamma ham birdek anglayvermaydi.

Maʼmuriy qamoq jazosidan so‘ng qarzdor ota aliment to‘ladi

 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, tumandagi Qo‘shchinor MFYda yashovchi qarzdor fuqaro F.B.dan undiruvchi Y.X. foydasiga 2 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oyda topgan daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

 

Ushbu ijro hujjati Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga maʼlum qilingan. Qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay, moddiy sharoitini ro‘kach qilib, to‘lab berishini vaʼda qilib kelgan. 

 

Byuro xodimlarining takror-takror ogohlantirishlari foyda bermaydi. Oqibatda, 2021 yilda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47/4 moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan yaʼni unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazo chorasi qo‘llanilgan. Qamoqdan tegishli xulosa chiqargan F.B. qarzdorlikni to‘lab berishini aytib, davlat ijrochisiga murojaat qiladi. Qarzdor ota yig‘ilib qolgan 17 million so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.  

Maʼmuriy qamoq jazosidan so‘ng qarzdor ota aliment to‘ladi | Zamon.uz