Jamiyat

Noqonuniy dori vositalari manziliga yetib bormadi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” muntazam yo‘l patrul xizmati maskani. Tungi 03:30. Navbatchilik xizmatini o‘tayotgan YPX inspektori serjant A.Kamilov Namangan — Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “KIA BONGO” rusumli transport vositasini to‘xtatadi. Haydovchining o‘zini tutishi inspektorda shubha uyg‘otgan. Xushyor tortgan inspektor ushbu avtomobil yukxonasini ko‘zdan kechirganda hech qanday hujjatlarsiz, katta miqdorda 50 turdagi dori vositalari mavjudligi maʼlum bo‘lgan.

Noqonuniy dori vositalari manziliga yetib bormadi

 

 

Mazkur holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi, avtoulov va dori vositalari holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida Ohangaron tumani ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, mahsulotlar chet davlatda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tibbiyot dori vositalari ekani aniqlangan. Holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “kleksan” dori vositasini noqonuniy muomalaga kiritayotgan shaxslarning qo‘lga olingani hamda zangiotalik fuqaro 915 million so‘mlik “remdesivir” dori vositasini 12 ming dollarga sotishga uringani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"