Jamiyat

Qashqadaryoda 16 qavatli "IT Techno Park" va Аl-Xorazmiy maktabi ochilishi mumkin

Yoshlarga zamonaviy kasb-hunarlar, IT-texnologiyalarni oʼrgatish va tadbirkorlikka keng jalb etishmaqsadida viloyatimizda ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimligi tomonidan www.metsenat.uz loyihasi doirasida 1.8 mlrd. soʼmlik grant eʼlon qilinishi ham katta imkoniyat boʼldi.

Qashqadaryoda 16 qavatli "IT Techno Park" va Аl-Xorazmiy maktabi ochilishi mumkin

Imkoniyatlarning davomi sifatida kecha Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev oʼrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ham voha yoshlarining startap loyihalarini moliyalashtirish hamda har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga katta zamin yaratadi. 

- Doimiy hamkorlik uchun Ibrohim Yulchivichga oʼz minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Zoyir Mirzaev. - Ishlab chiqilgan dasturlarga umumiy qiymati 19,6 mlrd. soʼm boʼlgan 12 ta loyihalar doirasida 11,4 mlrd. soʼm mablagʼlar vazirlikning “Ilm-fanni molyalashtirish va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi” tomonidan moliyalashtirish belgilangan hamda bugungi kunda barcha loyihalarning hujjatlari taqdim etilib, vazirlikning xayʼat yigʼilishida 6 ta loyiha uchun 7,7 mlrd. soʼm mablagʼ moliyalashtirilishi belgilandi.

Maʼlumot oʼrnida, memorandum doirasida "Boʼlajak olim" tanlovini oʼtkazish uchun 4 mlrd. (vazirlik 2 mlrd. va hokimlik 2 mlrd.) soʼm mablagʼ ajratiladi va bu orqali yosh olimlarning ilmiy hamda innovatsion gʼoyalari moliyalashtirilib, mukammal loyihalar hayotga tadbiq etilishiga erishiladi.

Qashqadaryoda 16 qavatli "IT Techno Park" va Аl-Xorazmiy maktabi ochilishi mumkin | Zamon.uz