Jamiyat

Qashqadaryolik fuqaro tanishining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ikki do‘st o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv oqibatida ulardan biriga jiddiy jarohat yetdi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Qashqadaryolik fuqaro tanishining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, 10 avgust kuni soat 14:00 larda tumanning “Bunyodkor” mahallasida yashovchi I.B. ismli shaxs tanishi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi ko‘lga cho‘milishga borgan. Cho‘milish davomida ikki do‘st o‘zaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik to‘pponcha bilan suvga tushgan V.F.ning ko‘z sohasiga bir marotaba o‘q otgan.

 

Shundan so‘ng V.F. Qashqadaryo viloyati Ko‘z kasalliklari shifoxonasiga o‘z ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganini maʼlum qilib, tibbiy yordam so‘rab borgan, biroq holat bo‘yicha IIBga murojaat qilmagan.

 

Viloyat Ko‘z kasalliklari shifoxonasining yo‘llanmasi bilan Toshkent shahriga kelgan V.F.ni Respublika Ko‘z kasalliklari klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifoxona maʼmuriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan.

 

Ushbu xabar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bundan avvalroq, Bosh prokuratura o‘z joniga qasd qilgan mahbus bo‘yicha bayonot bergani haqida xabar bergandik.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qashqadaryolik fuqaro tanishining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi