Afg‘onistonliklar kechirim so‘ragan sportchini qo‘llab-quvvatlab, minnatdorlik bildirdi
Avvalroq Nurmuhamedovning afg‘onistonlik muxlislari sportchidan norozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bu UFC sobiq chempionining Afg‘oniston masalasiga eʼtibor qaratmagani bilan bog‘liq edi.

Shundan so‘ng, Habib o‘z muxlislaridan kechirim so‘rab, vaziyatga izoh berdi.
Ushbu holatdan so‘ng, afg‘onistonliklar kechirim so‘ragan sportchini qo‘llab-quvvatlab, minnatdorlik bildirdi.
Nurmuhamedovning Afg‘oniston haqidagi posti ostida obunachilar “boshingizni baland tuting, Habib, siz hech qanday yomonlik qilmadingiz”, “Rahmat, Habib", “Kechirim uchun rahmat! Biz seni yaxshi ko‘ramiz!”, “Habib, biz sizni yaxshi ko‘ramiz. Men Afg‘onistondanman, yomon gapirmadingiz, aka. Katta rahmat!”, deya yozilgan izohlarni o‘qish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Habib Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgani va bu mamlakat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgandi.







