0

“Biz tekshiruvchimiz. 25 000 so‘mdan pul yig‘ib yuribmiz”

Buxoroda soxta o‘t o‘chiruvchi va mo‘ri tozalovchilar qo‘lga olindi.

“Biz tekshiruvchimiz. 25 000 so‘mdan pul yig‘ib yuribmiz”

 

 

Olot tuman Ichki ishlar bo‘limi maʼlumotlariga ko‘ra, shu tumanda yashovchi fuqarolarning xonadonlariga nomaʼlum shaxslar tashrif buyurib, dudburonlarini tozalash, o‘t o‘chirish xizmati ko‘rsatish, elektr energiyasi tarmoqlarini tekshirib, noqonuniy pul yig‘gan. Garchi ular biror-bir xizmat ko‘rsatmagan bo‘lsalar-da, 49 ta holatda 25 000 so‘mdan fuqarolardan pul yig‘ib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.

 

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan “Gaz va elektrdan maxsus nazorat” MCHJ rahbari J.M. sodir qilganligi aniqlangan.

 

Hozirda ushbu fuqaroning shu kabi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sud soxta xizmat davlatchisi ishiga qonuniy baho bergani hamda antikorrupsiya agentligi soxta xodim bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Biz tekshiruvchimiz. 25 000 so‘mdan pul yig‘ib yuribmiz”