To‘raqo‘rg‘onda fuqaro yashash uyida “Nasha” yetishtirayotgani aniqlandi
To‘raqo‘rg‘onda fuqaro yashash uyi oldidagi tomorqa xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ekinlar orasida 2 tup nasha o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB eKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Nasha” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 avgust kuni O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jomboy tumanida yashovchi fuqaro xonadonidan giyohvand modda topilgani haqida xabar berilgandi.







