Jamiyat

O‘zbekistonda yil oxirigacha 8 ta yangi zamonaviy kinoteatr ochiladi

O‘zbekistonda yil oxirigacha umumiy qiymati 9,7 million dollar xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 8 ta yangi zamonaviy kinoteatr ochiladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hisobotidan maʼlum bo‘ldi.

O‘zbekistonda yil oxirigacha 8 ta yangi zamonaviy kinoteatr ochiladi

 

Kinoteatrlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida ochiladi. Bu 134 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

 

Bundan tashqari, videokontentni ko‘rish bo‘yicha milliy striming-platforma yaratish loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Madaniyat vazirligi va Yoshlar ishlari agentligiga DCP Digital Cinema Package) formatidagi video kontentni namoyish qilish uchun madaniyat markazlari, teatrlar va yoshlar saroylarini texnik uskunalar bilan jihozlash vazifasi topshirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprelida O‘zbekiston Prezidentining «Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni bilan kinoteatrlar tarmog‘ini rivojlantirish tartibi tasdiqlandi.

O‘zbekistonda yil oxirigacha 8 ta yangi zamonaviy kinoteatr ochiladi | Zamon.uz