Jamiyat

1-sinfga onlayn qabul qilish jarayoni 30 avgust kuni yakunlanadi

1-sinfga onlayn qabul qilish jarayoni joriy yilning 30 avgust kuni yakunlanadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.

1-sinfga onlayn qabul qilish jarayoni 30 avgust kuni yakunlanadi

 

 

Bunda, 1-sinfga onlayn qabul o‘tkazilayotgan hududlarda o‘quvchilarni maktabga qabul qilish jarayoni 29 avgust kuni my.maktab.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va ariza yuborish to‘xtatiladi. 

 

Joriy yilning 30 avgust kuniga qadar mikrohududdan tashqari maktabga ariza topshirgan ota-onalarga 3700 qisqa raqamidan maktablarda mavjud bo‘sh o‘rinlar asosida maktabga borish uchun onlayn navbat haqidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.


 Qabul kvotasiga nisbatan mikrohudud va mikrohududdan tashqari ajratilgan bo‘sh o‘rinlari to‘lgan maktablarga ariza yuborgan talabgorlarning arizalari tizim tomonidan avtomat tarzda qaytariladi.

 

Arizalari qaytarilgan ota-onalar bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan maktablarga my.maktab.uz platformasi orqali 29 avgust kuni soat 18:00 ga qadar qayta ariza yuborishi mumkin.

 

Avvalroq, 1-sinfga o‘quvchilarni onlayn qabul qilish muddati uzaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

1-sinfga onlayn qabul qilish jarayoni 30 avgust kuni yakunlanadi | Zamon.uz