Jamiyat

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi

Senat raisi Tanzila Norboyevaning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlarini eshitib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi

 

 

O‘tgan galgi senat yalpi majlisida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bo‘yicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining axboroti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, qo‘mita faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.

 

Ushbu masala davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Xususan, daraxtlar kesilishiga joriy qilingan moratoriy muddati 2024 yilga qadar uzaytirilishi va javobgarlik keskin kuchaytirilishi taʼkidlandi.

 

Shunday ekan, bu borada barcha birdek masʼuliyatni kuchaytirib, natijaga ishlash kerak.

 

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Atrof-muhit muhofazasi, xususan, daraxtlarni asrash, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash kabi qator yo‘nalishlarda hududiy mutasaddilarning hisobotlarini muntazam eshitib borish orqali ularning faoliyatiga baho berish (kerak bo‘lsa lavozimdan chetlashtirish) maqsadga muvofiq

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston gazetasiga bergan intervyusida daraxtlarni kesish, yashil hududlarni kamaytirish holatlari ko‘pchilikni ranjitayotgani hamda daraxtlarni kesishda moratoriy muddati 2024 yilga qadar uzaytirilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"