Haydovchining ehtiyotsizligi, tezlikni oshirishi natijasida 21 yoshli bola vafot etdi
Qiziriq tumani “Yangiobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 69 km.da, 2002 yili tug‘ilgan fuqaro A.Pardayev boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomobil shu yo‘nalishda o‘ziga qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan, 2000 yil tug‘ilgan Velosipedchi- U.Sultonovni turtib yuborishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.


Natijada, velosipedchi U.Sultonov bosh miya yopiq jarohati, bosh miya sohasi tepa qismi ezilib yirtilishi, bosh tepa suyagi sinishi, oyoq ikki boldir suyaklarining maydalanib ochiq sinishi, o‘tkir tashqi qon quyulishi kabi tan jarohatlari olib, Qiziriq tuman Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Surishtiruv jarayonlarida “Nexia” rusumli 75 K 118 JA avtomobil haydovchisi ehtiyotsizligi, tezlikni oshirishi, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan velosipedchini turtib yuborishi oqibatida YTH sodir etilgani aniqlandi.
Hozirda tergov jarayonlari davom etmoqda.
Avvalroq Toshkentda “Matiz” va "Nexia " ishtirokida YTH sodir bo‘gani haqida xabar bergan edik.
Munojat Valiyeva tayyorladi.







