Jamiyat

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Bugun va dam olish kunlari mamlakatimiz hududida havo kam bulutli bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

 

 

Taʼkidlanishicha, dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. 

 

Havo harorati kechalari 17-22 daraja iliqni, kunduz kunlari 32-37 daraja issiqni tashkil etadi, bu meʼyordan 2-3 darajaga yuqoridir.