Jamiyat

Yuk mashinalari YTHga uchrashiga haydovchilarni uzatmalar qutisini nazorat eta olmasliklari sabab bo‘lmoqda

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasi bilan bog‘liq avtohalokatlar haqidagi xabarlar bir muncha oshgan.

Yuk mashinalari YTHga uchrashiga haydovchilarni uzatmalar qutisini nazorat eta olmasliklari sabab bo‘lmoqda

 

Tahlillarga ko‘ra, ko‘pincha yuk avtomashinasini boshqaradigan haydovchilarning tajribasizligi, yetarli malakaga ega emasligi, yuk avtomashinasiga ortilgan yuklarni inobatga olmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari, rul boshqaruvchida uzatmalar qutisini nazorat eta olmaganliklari sabab yuqoridan pastga katta tezlikda harakatlanib ketayotgan transport vositasini to‘xtatib qolish imkoniyatini bajarolmayapti. Buning oqibatida ayanchli yo‘l transport hodisalari sodir etilmoqda.

 

Birgina misol, kuni kecha Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshken-Termiz” avtomobil yo‘lining 996 km.da, 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. “Zil MMZ45021” rusumli yuk avtomashinasini Samarqand-Toshkent yo‘nalishining dovon qismidan pastga harakatlanib ketayotgan vaqtida uzatmalar qutisini boshqarolmay qoladi. Rul boshqaruvini yo‘qotib, pastlikka ag‘darilib ketishi oqibatida 25 yoshli  yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  “GAZ-53” rusumli transport vositasi bilan bog‘liq avtohalokat haqida xabar berilgandi.

 

 

Munojat Valiyeva tayyorladi.

Yuk mashinalari YTHga uchrashiga haydovchilarni uzatmalar qutisini nazorat eta olmasliklari sabab bo‘lmoqda | Zamon.uz