Jamiyat

“DownHill” intizomi bo‘yicha “Mountainbike” havaskorlik velopoygasi o‘tkazildi

Velopoygalar qariyb 150 yillik tarixga ega. 1896 yilda esa Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Bu soha bo‘yicha Xalqaro velosipedchilar uyushmasi mavjud bo‘lib, unga 152 ta mamlakat aʼzo.

“DownHill” intizomi bo‘yicha “Mountainbike” havaskorlik velopoygasi o‘tkazildi

 

 

O‘zbekistonda 1997 yil Velosiped sporti federatsiyasi qayta tashkil etilgan. Ushbu sport turi bo‘yicha 6 nafar xalqaro sport ustalari yetishib chiqqan.

 

Joriy yilning 28 avgust sanasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimligi Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Amirsoy” dam olish maskanida tog‘ velosporti bo‘yicha poyga tashkillashtirildi. Unda 8 nafar havaskor velosiped uchuvchisi ishtirok etgan.

 

 

Balandlikdan tezlik bilan tushish formatidagi poygani o‘tkazishdan asosiy maqsad sportning ekstremal yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimizning kuchli baykerlarini aniqlashdir.

 

Maʼlumot o‘rnida: ikki yildan kam muddat davomida  "Amirsoy Mountain Resort" da 900 GA maydonda chang‘ichilar va snoubordchilar uchun 16 kmdan iborat, velopoygachilar uchun esa trassa barpo etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida velosportchimiz Olga Zabelinskaya shossening guruh poygasi dasturida doirasida 137 km masofani bosib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Maftuna Rejabboyeva

“DownHill” intizomi bo‘yicha “Mountainbike” havaskorlik velopoygasi o‘tkazildi | Zamon.uz