Jamiyat

Nurafshon shahar hokimligi xodimi tunda yarim-yalang‘och yuradi(mi)?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Nurafshon shahar hokimligida tasvirga olingan videolavha keskin muhokama qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi xodimi tunda yarim-yalang‘och yuradi(mi)?

 

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hokimlik binosi tunda «tungi klub»ga aylanarkan — kunora maishat, ichkilikbozlik, ayrim xodimlar esa xizmat xonalarida tunab qolishar ekan.

 

Mazkur holat yuzasidan “Zamon.uz” Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimligi matbuot xizmati bilan bog‘landi.

 

Xodimning maʼlum qilishicha, tasvirdagi yarim-yalang‘och xodim bir kun avval vaksina bilan emlangan. Ishi ko‘p bo‘lgani sababli uyga bormay ishlarini hokimlik binosida qolib bajargan. Biroq, vaksina taʼsirida xodimning mazasi qochib, ushbu holat yuz bergan.

 

Qayd etilishicha, kunora maishat, ichkilikbozlik avval ham keyin ham kuzatilmagani maʼlum bo‘ldi.

 

 

Munojat Valiyeva

Nurafshon shahar hokimligi xodimi tunda yarim-yalang‘och yuradi(mi)? | Zamon.uz