Jahon

AQSHning Luiziana shtatiga  dahshatli to‘fon kirib keldi

Sinoptiklarning fikricha, bu so‘nggi 16 yildagi eng dahshatli tabiiy ofat hisoblanadi.

AQSHning Luiziana shtatiga  dahshatli to‘fon kirib keldi

 

 

29 avgust kuni shtat qirg‘oqlariga “Ida” to‘foni kirib keldi. Sinoptiklarning fikricha, bu so‘nggi 16 yildagi eng dahshatli tabiiy ofat hisoblanadi. Shtat gubernatori Jon Bell Edvards shtatda holat og‘irligini, keyingi 24 soat ichida halokatli vaziyat saqlanib qolishini aytgan.

 

“Bu jiddiy to‘fon. Shtat uchun bu jiddiy sinov bo‘ladi. “Ida” Luiziana kasalxonalari uchun haqaiqiy muammo bo‘ladi. Sababi so‘nggi haftada COVID-19 bilan kasallanganlar soni ham ortgan”, - degan gubernator.

 

 

Edvarsning maʼlum qilishicha, tabiiy ofat shifoxonalar faoliyatiga ham taʼsir qildi. Xususan, koronavirusga chalingan bemorlarni evakuatsiya qilish va yangi kasallanganlarni joylashtirishning imkoni bo‘lmayapti.

 

Bundan sal oldin “Ida”ga halokatlilikning 4-darajasi berildi. Tahlillar shamol tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etgananini ko‘rsatmoqda.

 

Shaharda ko‘plab binolar vayronaga aylangan. Daraxtlar ildizi bilan sug‘irilgan.

 

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra,  Yangi Orlean shahrida bir millionga yaqin fuqaro elektr tarmog‘idan uzilgan. Internet ham ishlamayapti. Shuningdek, 390 ming kishi evakuatsiyaga muhtoj. Shu maqsadda Milliy Gvardiyaning 260 askari yordamga yetib kelgan.

 

To‘fon shimoli-g‘arbiy yo‘nalishga qarab ketmoqda. Alabama, Missisipi va Florida shtatlarida tornado xavfi eʼlon qilingan.

 

AQSH prezidenti Jozef Bayden Luizianada tabiiy ofat  holatini eʼlon qildi. Prezident shuningdek, mahalliy hokimiyatga to‘fon oqibatlarini bartaraf etish uchun moddiy yordam ajratish yuzasidan buyruq bergan.

 

Maʼlumot o‘rnida, Luiziana o‘tmishda ham bu kabi tabiiy ofatlar bilan to‘qnash kelgan. Xususan, 2005 yilda shtatda “Katrina” to‘foni bo‘lib o‘tgan, oqibatda 1 800 kishi halok bo‘lgan. O‘shanda Yangi Orleanning 80 foizi suv ostida qolgan, jami 108 milliard dollarlik zarar ko‘rilgan. Lekin “Ida” shtat tarixida oxirgi 107 yil ichida kuzatilgan eng kuchli to‘fon sifatida baholanmoqda.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.