Jahon

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

 

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari arafasida davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihoniga qiziqish ortdi. Prezidentlikka nomzodlar Omurbek Suvanaliyev va Siymik Japiqayev testda talab etilgan ballni to‘play olmagan. Japiqayev imtihonni qayta topshirgan. Yana bir nomzod Ishoq Masaliyev ham testdan o‘tgan, biroq uning natijasi hozircha ma’lum emas.

 

24.kg nashri 2026-yil yanvaridan oktabrigacha bo‘lgan davlat tili imtihonlari natijalarini tahlil qildi. Tahlilga ko‘ra, testni birinchi marta topshirgan ishtirokchilarning atigi 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

 

Nashr Qirg‘iztest saytida e’lon qilingan 200 ta natijalar faylini o‘rganib chiqqan. Yil boshidan buyon 21 552 kishi imtihonni birinchi marta topshirgan bo‘lib, ulardan 3 859 nafari yoki 17,9 foizi kerakli natijaga erishgan.

 

Birinchi urinishda muvaffaqiyat qozonganlar va imtihonni qayta topshirib, talab etilgan ballni olganlar hisobga olinganda, muvaffaqiyatli natijalar ulushi umumiy ishtirokchilar sonining qariyb 41 foizini tashkil etgan.

 

Qirg‘iztest ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil boshidan 1-oktabrgacha jami 30 525 ta test o‘tkazilgan. Shundan 13 278 kishi davlat tilini bilish bo‘yicha belgilangan talabni bajargan. Bu barcha testlardan o‘tganlarning 43,5 foiziga teng. Ushbu ko‘rsatkich 24.kg nashri tahlili natijalariga yaqin.

 

Imtihonning eng qiyin qismlari yozma va og‘zaki topshiriqlar bo‘lgan. Nashr tahliliga ko‘ra, sentabrgacha qatnashchilarning yarmidan ko‘pi aynan shu bo‘limlardan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan. O‘qish va tinglab tushunish topshiriqlari esa nisbatan osonroq kechgan.

 

Sentabrgacha imtihonning barcha bo‘limlarini birinchi urinishdayoq muvaffaqiyatli topshirish har besh ishtirokchidan biriga nasib etgan bo‘lsa, keyinchalik bu ko‘rsatkich har to‘qqiz ishtirokchidan biriga tushgan.

 

Qirg‘iz tilini bilish darajasini baholovchi davlat imtihoni lug‘at, grammatika, tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini qamrab oladi. Test A1 — boshlang‘ich darajadan C1 — ilg‘or darajagacha baholanadi. Imtihon uchun 2 soat 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

 

2-sentabrdan boshlab “Lug‘at va grammatika” bo‘limi vaqtincha alohida sinov sifatida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Uning mazmuni boshqa bo‘limlarga qo‘shildi.

 

Davlat va munitsipal xizmatchilar uchun qirg‘iz tilini kamida B1 darajasida bilish talabi 2025-yildan, B2 darajasi esa 2027-yildan joriy etilishi belgilangan. Davlat va munitsipal korxona, muassasa hamda tashkilotlar xodimlari, jumladan, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tibbiyot sohasi vakillari uchun B1 darajasi 2026-yildan, B2 darajasi esa 2028-yildan talab etiladi.

 

Qirg‘izistonda doimiy yashovchi etnik ozchilik vakillari uchun ham alohida talablar belgilangan: 2026-yildan A2, 2028-yildan esa B1 darajasini bilish talab qilinadi.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.