Jahon

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

 

Rossiya, Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar yaqin ikki hafta ichida Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi yoki Shveytsariyada o‘tkazilishi mumkin. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad uch mamlakat rahbarlari darajasidagi muloqotni tashkil etishdan iborat. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, muzokaralarning aniq sanasi hozircha belgilanmagan. Rahbarlar darajasidagi uchrashuvni tashkil etish uchun hali muhim masalalarni hal qilish talab etiladi.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham 23-oktabr kuni Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari noyabr oyining birinchi yarmida Abu-Dabida texnik darajadagi uchrashuv o‘tkazishga kelishib olganini ma’lum qilgan. U uch mamlakat rahbarlari ham uchrashishiga umid bildirgan.

 

21-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashdi. Muzokaralarda Ukrainadagi urushni hal qilish masalasi muhokama qilingan.

 

Uchrashuvdan so‘ng Putin yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning navbatdagi bosqichi noyabr oyida Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Moskva noyabrning birinchi yarmida muzokaralar jarayonini qayta boshlashga tayyor.

 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Abu-Dabi uchrashuv o‘tkazish joyi sifatida ko‘rib chiqilayotganini bildirgan. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasi tarkibiga prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy va harbiy qo‘mondonlik vakillari kirishi mumkin.

 

Putin esa AQSh ma’muriyati vakillari bilan uchrashuvlarda Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarni qayta boshlash masalasida kelishuvga erishilganini tasdiqlagan. Uning aytishicha, muhokamalardan biri tinchlik kelishuvlari imzolangach, Rossiya va Ukraina xavfsizligini ta’minlash masalalariga qaratiladi.

 

Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning avvalgi bosqichlari 23–24-yanvar, 4–5-fevral hamda 17–18-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan. Navbatdagi uchrashuvni 5–8-mart kunlari Abu-Dabida o‘tkazish rejalashtirilgan, biroq AQShning Eronga qarshi operatsiyasi boshlanganidan keyin u qoldirilgan.

 

Dastlabki ikki raundda Rossiya delegatsiyasiga Bosh shtab Bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov rahbarlik qilgan. Jenevada o‘tgan uchinchi bosqichda esa delegatsiyani Vladimir Medinskiy boshqargan.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.