Jahon

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

 

AQSh ma’muriyati Yaqin Sharqdagi xavfsizlik vaziyatining keskinlashuvi fonida Saudiya Arabistonidagi elchixonasining ayrim xodimlari va ularning oila a’zolariga mamlakatni tark etish haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, mintaqadagi boshqa bir qator davlatlarda ham AQSh diplomatik vakolatxonalari xodimlari tarkibiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

 

AFP agentligining diplomatik manbalarga tayanib xabar berishicha, Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasining favqulodda bo‘lmagan xodimlari va ularning oila a’zolariga Saudiya Arabistonini tark etish buyurilgan. Shunga o‘xshash ko‘rsatmalar Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Qatar va Bahrayndagi amerikalik diplomatlarning oila a’zolariga ham berilgan.

 

Amerikalik diplomatlarning ayrimlari ko‘chish xarajatlari uchun ajratilayotgan moliyaviy yordam yetarli emasligidan norozilik bildirgan. Ularning aytishicha, ba’zi oilalar farzandlari uchun yangi uy va maktab topishga ulgurmasdan yana evakuatsiyaga tayyorlanmoqda.

 

Amerika Tashqi ishlar assotsiatsiyasi vakili Nikki Geymer ham vaziyat diplomatlar oilalarida xavotir va norozilikni kuchaytirayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim oilalar avvalgi evakuatsiyadan keyin endigina joylashishga ulgurgan.

 

Davlat departamenti vakili esa AQSh tomonidan yollangan xodimlar va ularning oila a’zolariga kunlik nafaqa, uy-joy hamda ta’lim xarajatlari uchun yordam ko‘rsatilishini bildirgan. To‘lovlar miqdori mamlakatdagi joylashuvga qarab hukumat tomonidan belgilangan me’yorlarga muvofiq hisoblanadi.

 

AQShning ushbu choralari Yaman husiylarining Saudiya Arabistoniga hujumlari va mintaqada Eron bilan bog‘liq keskinlik kuchayishi haqidagi xavotirlar fonida amalga oshirilmoqda. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat departamenti Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Iordaniyada ham diplomatik vakolatxonalar xodimlari soniga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilishini tasdiqlagan.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.