Rossiyadan keltirilgan poyezdlarda eshiklar kengaytirilib, video kuzatuv kuchaytirilgan (video)
Bugun, 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida, Toshkent metropoliteni uchun Rossiyadan 5 ta metropoyezd olib kelindi.

Yangi vagonlar qator texnik imkoniyatlar va afzalliklarga ega:
— Vagonlar orasidagi germetik “garmoshka” ko‘rinishidagi o‘tish joylari yo‘lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig‘imini oshiradi;
— Yo‘lovchilar saloniga har bir tomondan to‘rttadan ikki qavatli avtomatik eshiklar o‘rnatilgan. Ularning 12 foizga kengaytirilgani yo‘lovchilarning tasodifan qisilib qolishining oldi oladi;
— Salondagi haroratni o‘rnatilgan konditsioner, isitish va shamollatish tizimi taʼminlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llanilgan;
— Har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy maʼlumot uzatish tizimiga ega;
— Vagonlar videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, jumladan shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar mavjud, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi bor;
— Mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini nazorat qiluvchi videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.
2021 yil oxiriga qadar yana 20 ta metro vagoni Toshkentga yuborilishi rejalashtirilmoqda.
Munojat Valiyeva







