Jamiyat

OTMlar huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi

“Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘rtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

OTMlar huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi

 

 

Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:


- oliy taʼlim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;

 

- turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;

 

- Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;

 

- texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-meʼyoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

 

- OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan taʼminlaydi.

 

Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

 

- texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;

 

- OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitish.

 

Avvalroq vasiylikka olingan yetim bolalarga ham OTMga kirish uchun kvota ajratilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

OTMlar huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi | Zamon.uz