Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yuqori samaraga ega 10 ming doza dori vositasini yuboradi
Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yuboradi. Bu preparat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yuqori samaraga ega, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.


Maʼlum qilinishicha, Toshkentga 2 sentyabr kuni soat 21:00 da keladigan yukning umumiy qiymati 20,6 million yevroni tashkil qiladi.
Casirivimab/Imdevimab (Shveysariyaning Roche farmatsevtika kompaniyasidan) — COVID-19‘ga qarshilikni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sunʼiy «antitanachalar kokteyli». Hozirgi vaqtda preparat ularning hali ham yangi shtammlarga chidamli yagona kombinatsiyasi hisoblanadi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lish darajasini 70 foizga kamaytirdi, shuningdek, kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirdi.
Avvalroq O‘zbekiston vaksina zaxirasi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida yetakchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.







