O'zbekiston

Islom Abdug‘aniyevich Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

Islom Karimov (1938–2016 y.y.) – o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989 yildan 2016 yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi

Islom Abdug‘aniyevich Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

Islom Karimov 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgan. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan. 

U xalq dardiga quloq tutdi, tinchlik va osoyishtalikni ta’minladi, ko‘p millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashtirib, islohotlarga safarbar etdi. 

Birinchi Prezident Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi.

Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida uning birinchi haykali tantanali ochilgan.

Shuningdek, Birinchi Prezident haykallari Samarqandda (2017-yil 2-sentabr), Qarshida (2018-yil 30-yanvar) hamda Moskvada (2018-yil 18-oktyabr) ochilgan.

Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroportiga, Farg‘onadagi san’at saroyi, Asakadagi avtomobil zavodiga hamda bir qator ko‘chalarga Islom Karimov nomi berilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti | Zamon.uz