O‘zbekistonda tug‘ilgan boshqa millat chaqaloqlari soni maʼlum bo‘ldi
2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillarining umumiy 54 660 tug‘ilish holati qayd etildi, deb maʼlum qildi DXA.


Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, eng ko‘p – 23,3 ming tug‘ilish tojik millatiga to‘g‘ri keladi. Oxirgi 8 oyda tojik chaqaloqlarga qo‘yilgan eng asosiy ismlar Muhammadali va Mustafo ismlari bo‘ldi.
Keyingi o‘rinlarda qozoq va qirg‘iz millatiga mansub chaqaloqlar ko‘p tug‘ilgan.
-
Qozoq chaqaloqlar uchun – Alixon;
-
Qirg‘iz chaqaloqlar uchun – Soliha;
-
Turkman chaqaloqlar uchun – Muhammad;
-
Rus chaqaloqlar uchun – Sofiya;
-
Tatar chaqaloqlar uchun – Amir;
-
Uyg‘ur chaqaloqlar uchun – Muhammad;
-
Koreys chaqaloqlar uchun Mark ismi ko‘p tanlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida jami 391 258ta tug‘ilish qayd etilgan. 2021 yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston bo‘yicha yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgani xabar qilingandi.







