Lifestyle

Messi doim formada bo‘lish uchun tanlagan 5 mahsuloti bilan tanishing

Messi, aslida, pitsa va qovurilgan go‘sht ixlosmandi. Organizmidagi o‘zgarishlarni his qilmaguniga qadar sportchi bu taomlarga sodiq edi. Biroq, hatto, o‘yin davomida ham kuzatilishi boshlangan ko‘ngil aynishi kabi yoqimsiz holat salomatlikka jiddiy eʼtibor berish zarurligini ko‘rsatdi. Buning uchun “chap oyoqlar afsungari”ga mutaxassislar “ko‘makka keldi”.

Messi doim formada bo‘lish uchun tanlagan 5 mahsuloti bilan tanishing

 

 

Parhezshunoslar uning salomatligidagi o‘zgarishlarni va mushaklarini turli tahlillar orqali o‘rganib chiqishdi. Shu tariqa Messi 2013-yilda o‘z taomnomasini o‘zgartirdi. Xususan, mol go‘shti, pasta va gazli ichimliklar ichish qatʼiyan man etildi.

 

Endilikda, 

 

1. Suv;

2. Sifatli zaytun moyi;

3. Dukkakli mahsulotlar;

4. Sarxil meva va sabzavotlar;

5. Turli yong‘oqlar sportchining doimiy hamrohi.

 

Hozirda Leo tuz va shakarning yaqiniga ham yo‘lamaydi. Go‘sht va oq nonni kamaytirgan.

 

O‘yindan 10 kun oldin kuniga uch marta oqsilli kokteyl ichadi. Qonni suyultirishga yordam bergani uchun sho‘rvani maʼqul ko‘radi. O‘zini tetik his etishi uchun dengiz hayvonlari yoki tovuq go‘shti isteʼmol qiladi. O‘yindan oldin  uglevodlarga boy taomlardan tiyilib turadi.

 

 

 

Maʼlumot o‘rnida, Lionel Messi 1987-yilning 24-iyunida tavallud topgan. Argentina terma jamoasi sardori. Ispaniya chempionati tarixidagi “Eng yaxshi to‘purar”. U barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. Messi dunyo futbol olamida 6 karra “Oltin to‘p” olgan yagona charm to‘p ustasi. Sportchi joriy yilning 11-avgust kuni “PSJ” ga o‘tgan.   

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq u parijliklar safida yiliga 41 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgandi.

Messi doim formada bo‘lish uchun tanlagan 5 mahsuloti bilan tanishing | Zamon.uz