“TikTok”chilar jarimaga tortildi
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ichki ishlar organlarining YHXB formasidagi qiz va yigitlarning videolavhasi atroflicha o‘rganib chiqildi.

Bu haqda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. Unda keltirilishicha, Qarshi shahrida yashovchi E.D., Ya.Sh., X.X.lar qonun bilan qo‘riqlanadigan davlat organlari xodimlarining harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini noqonuniy kiyib, videorolik tayyorlab, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.
P.S.: Bu holat qonunda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu ikkita videolavha yuzasidan to‘plangan hujjatlar JIB Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq faollari sodir etgan holat MjTKning tegishli moddalariga asosan, huquqbuzarlik sifatida malakalanib, YHXB formasidagi qiz E.D.ga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, haydovchi va YHXB inspektori vazifasini bajargan yigitlar Ya.Sh. X.X.ga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Tik Tok" sabab AQSHda maktab o‘quvchisi halok bo‘lgani , 23 yoshli bloger "Tik Tok" uchun suratga tushayotganda tomdan qulab, vafot etgani hamda “kaskadyorlar” 10 sutkaga qamalishi haqida xabarlar berilgandi.







