Yangi koronavirus yuqtirganlik holatini aniqlashda serologik tekshirishning ahamiyati qanday?
COVID-19 infeksiyasi, kasallikning og‘ir shakllarida bemorlarni birlamchi bosqichda tekshirishda molekulyar-genetik tekshirish usullaridan foydalanishga yo‘naltirilgan. Bunday yondashuvda infeksiya yengil yoki simptomlarsiz kechganda bemorlar tibbiy yordamga muhtoj emasligi sababli, ular aniqlanmay qoladi, natijada infeksiya tarqalishining dastlabki bosqichida uning haqiqiy tarqalish ko‘lami nomaʼlumligicha qoladi.


«Molekulyar-genetik usullarda», jumladan Polimeraza zanjir reaksiyasi usulida tekshirishda virusning genetik materiali aniqlanib, hozirda organizmda SARS-CoV-2 virusi mavjudligini, «serologik tekshirishlar»da esa kasallik yuqqandan so‘ng virusga qarshi ishlab chiqilgan antitanachaning mavjudligi, mavjud bo‘lgan taqdirda uning miqdoriga qarab SARS-CoV-2 virusiga qarshi hosil bo‘lgan immun tanachalarning qanday titrlarda va qancha muddatda saqlanayotganligini aniqlash imkonini beradi.
«Serologik tekshirishlar» — bu qon zardobida antitanachani aniqlash maqsadida tahlil o‘tkazishdir. “Antitanacha” bu organizmning muayyan infeksiyaga qarshi immun javob reaksiyasining bir ko‘rinishidir. COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusiga qarshi antitanacha, odatda kasallik yuqqanidan keyin dastlabki bir necha haftalarda aniqlanadi. Antitanachaning mavjudligi, infeksiyaning og‘ir, yengil yoki simptomsiz kechganligiga bog‘liq bo‘lmagan holda SARS-SoV-2ning odamga yuqqanligini bildiradi.
O‘rganilayotgan populyatsiyada antitanacha miqdorini baholash orqali infeksiyaning tarqalishi ko‘lamini aniqlash maqsadida seroprevalentlik (rrevalense – hodisalar soni, masalan, maʼlum vaqtda populyatsiyada kasallik yoki boshqa holatlar kuzatilishi) tadqiqoti o‘tkaziladi. Har qanday yangi virus, jumladan SARS-SoV-2ning populyatsiyada seroprevalentlikning dastlabki ko‘rsatkichlarining past yoki umuman mavjud emasligi, ushbu populyatsiyada avval virus sirkulyatsiyasi bo‘lmaganligini bildiradi.
Serologik tekshirishlar o‘rganilayotgan populyatsiyada infeksiyaning tarqalishi yoki epidemiya ko‘lamini retrospektiv aniqlashga yordam beradi.
Shuni alohida taʼkidlash zarurki, seroprevalentlikni tekshirish orqali rejali va faol epidemiologik nazoratda populyatsiyaga SARS-CoV-2 yuqtirganlik ko‘rsatkichini to‘liq aniqlash mumkin.
Demak, seroepidemiologik tekshirishlardan COVID-19 infeksiyasini tarqalganligini baholash, uni bashoratlash, epidemiologik nazoratni takomillashtirish, epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni asosli ravishda amaliyotga tatbiq etishda foydalanish mumkin.







