Jahon

Misrda turar-joy binosi qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Misr poytaxti Qohirada turar-joy binosi qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Uyning qolgan aholisi evakuatsiya qilingan, deb xabar beradi “Al Yomus As Sabi “ portali.

Misrda turar-joy binosi qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

 

 

To‘rt qavatli binoning qulashi Shubra al-Kxaym hududida sodir bo‘lgan.

 

Bino devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgach, aholi uyni tark eta boshladi.

 

Yuqori qavatda yuridik firma joylashgan edi. Qulash vaqtida u yerda kompaniya egasi va uning hamkasblari bo‘lgan. Nomaʼlum sabablarga ko‘ra ular binoni tark etmagan. Natijada ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi.

 

Qolgan ikki kishi esa vayronalar ostidan olib chiqilgan, biroq tan jarohati tufayli kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.

 

Uy nima sababdan qulab tushgani hozircha nomaʼlum.

 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil mart oyida Qohira tumanlaridan birida ko‘p qavatli uy qulab tushgandi. Buning oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi. Keyinchalik maʼlum bo‘lishicha, uy egasi bir necha qavatga noqonuniy ravishda bino qurgan va fojia sodir bo‘lishidan  oldin binolarning birida taʼmirlash ishlari boshlangan, devorlari yorilib, tayanchi  buzilgan.

 

Avvalroq prezidenti o‘ldirilgan mamlakatda zilzila oqibatida bir yarim ming bino qulagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"