Jamiyat

Moskvada o‘zbekistonlik migrantning jasadi topildi

Qo‘shimcha qilinishicha, vafot etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Moskvada o‘zbekistonlik migrantning jasadi topildi

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahrida 1990 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik mehnat migranti o‘lik holda topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Ushbu holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bergan maʼlumotga ko‘ra, bu hodisa agentlikning Moskvadagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganilmoqda.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, vafot etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Hozirda marhumning yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilib, jasadni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, Rossiyaning huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan aloqalar o‘rnatilib, mazkur hodisa nazoratga olingan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi daryoda o‘zbekistonlik yigitning jasadi topilgani hamda Shveysariyada vafot etgan marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumаrova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"