0

Qaysi taomlarni tushlikka isteʼmol qilmagan maʼqul?

Odatda, ko‘pchilik ertalab nonushta qilmaydi. Baʼzilar esa juda oz taom isteʼmol qiladi. So‘ng tushlikda baquvvat ovqat tanovul qilib, oshqozonga ortiqcha yuklama tashlaydi. Bu esa salomatlik uchun jiddiy zarar keltiradi. Agar siz tushdan keyin yengil harakat qilishni istasangiz bizning quyidagi tavsiyalarimizni “yon daftarchangizga saqlab qo‘ying”.

Qaysi taomlarni tushlikka isteʼmol qilmagan maʼqul?

 

 

Tushlikda pissa isteʼmol qilmaganingiz maʼqul. U yengil taom bo‘lsa-da, hamirdan tayyorlanganiga ahamiyat qarating. Shuningdek, uning tarkibi achchiq va yog‘li mahsulotlardan tashkil topgani bois oshqozonga botadi.

 

 

Aslida, issiq sendvichlardan butunlay voz kechish kerak.Chunki oq non, souslar, kolbasa mahsulotlari sekin hazm bo‘ladigan mahsulotlar sirasiga kiradi. Shu sababli hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi.

 

 

 Sho‘rva hazmi taom bo‘lgani uchun ko‘pchilik uni sevib isteʼmol qiladi. Ammo mutaxassislar qaymoqli sho‘rvani tushlikda ichishni tavsiya qilmaydi. Boisi, uning tarkibida kraxmal juda ko‘p. Qolaversa, oshqozonni qaymoq, pishloqli taomlar bezovta qilishi mumkin.

 

 

Tushlikdagi taomnomada quritilgan sabzavotlardan va mayonez yoki boshqa yog‘li souslar qo‘shilgan salat bo‘lsa, ularni tanovul qilmagan maʼqul.

 

 

 

Ozoda Choriyeva tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qaysi taomlarni tushlikka isteʼmol qilmagan maʼqul?