O'zbekiston

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

 

Raqobat qo‘mitasi 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida qurilish ishlari sifati va turar joy obyektlarining o‘z vaqtida topshirilmasligi yuzasidan iste’molchilardan 1 700 dan ortiq murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida fuqarolar foydasiga qariyb 14,5 mlrd so‘mlik mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

 

Shuningdek, murojaatlar asosida 12 ta hududdagi 132 ta qurilish tashkilotining turar joy qurilishida ulushli ishtirok etish bo‘yicha shartnomalari tahlil qilindi.

 

Tahlil natijalariga ko‘ra, shartnomalarning 77,3 foizida shartnoma bekor qilinganda to‘langan mablag‘ni qaytarish muddati belgilanmagan yoki dastlabki to‘lov muddatiga mos kelmagan. 63,6 foizida xonadon qabul qilib olinganidan keyingi kafolat muddati ko‘rsatilmagan.

 

Bundan tashqari, shartnomalarning 59,1 foizi faqat quruvchi manfaatlarini ko‘zlab tuzilgan. 54,5 foizida kafolat muddati davomida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish majburiyati nazarda tutilmagan. 50,8 foizida qurilish muddati kechiktirilgan taqdirda quruvchi to‘lashi lozim bo‘lgan penya belgilanmagan.

 

Shuningdek, shartnomalarning 33,3 foizida qurilish obyektini topshirishning aniq muddati ko‘rsatilmagan, 30,3 foizi esa davlat tilida emas, rus tilida tuzilgan. Shartnomalarning 49,2 foizida iste’molchilar huquqlarini kamsituvchi boshqa shartlar ham aniqlangan.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayrim shartnomalarda xaridor tashabbusi bilan shartnoma bekor qilinganda to‘langan mablag‘ning 4–15 foizini ushlab qolish, pulni xonadon qayta sotilganidan keyingina qaytarish, narxni bir tomonlama oshirish va xaridorga nisbatan yuqori miqdorda penya belgilash kabi bandlar mavjud.

 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli idoralarga takliflar kiritilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

U xodim nomidan soxta profil yaratib, jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan pul olgan.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Transport boshqarmasi  avtobuslarning harakat intervali nega buzilayotganiga izoh berdi.

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Ular bir fuqaroni majburan avtomashinaga o‘tqazib olib ketgan, shuningdek, yana bir kishini elektroshoker yordamida hushsizlantirib bo‘lsa ham olib kelish haqida topshiriq olgan.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.