Jahon

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oleshki shahridagi gumanitar operatsiya va ikki davlat bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

 

5-noyabr kuni AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillarini qabul qildi. Uchrashuv oktyabr oyi oxirida Xerson viloyatining Oleshki shahrida o‘tkazilgan gumanitar operatsiyadan so‘ng tashkil etildi.

 

Rossiya delegatsiyasi tarkibida Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakili Yana Lantratova va prezidentning xorijiy davlatlar bilan investitsiyalar hamda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ishtirok etdi. Ukrainani esa mamlakat ombudsmani Dmitriy Lubinets va “Xalq xizmatkori” fraksiyasi rahbari David Araxamiya vakillik qildi.

 

Melaniya Tramp Oleshki shahridagi gumanitar operatsiya keng ko‘lamli tinchlikka olib kelishiga umid bildirgan. Uning ta’kidlashicha, har qanday muhim o‘zgarish kichik bir qadamdan boshlanadi.

 

Birinchi xonim operatsiyani rejalashtirishning barcha bosqichlarida ishtirok etganini aytgan. Jumladan, minalardan tozalash rejalari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bilan tanishgan, yo‘llarni baholash, evakuatsiya yo‘nalishlari, shifoxonalarga kirish imkoniyati, transport hamda tibbiy vositalar masalalarini muhokama qilgan.

 

U Rossiya va Ukraina tomonlarining sulh davridagi harakatlarini ham yuqori baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, gumanitar xodimlar, harbiylar va ikki davlat rasmiylari operatsiyaning barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish uchun birgalikda ishlagan.

 

Uchrashuv davomida Melaniya Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga yozgan maktublarini ham tilga olgan. Uchrashuv ishtirokchilaridan ushbu xatlarni davlat rahbarlariga yetkazishni so‘ragan.

 

Rossiya prezidentiga maktubni Kirill Dmitriyev topshirishi kutilmoqda. U Melaniya Tramp Oleshki shahridagi operatsiya muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynaganini ta’kidlab, birinchi xonim gumanitar faoliyatini davom ettirishiga umid bildirgan.

 

Dmitriyevning aytishicha, Moskva va Vashington oilalarni birlashtirish hamda bolalarni himoya qilishga qaratilgan gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikni davom ettirishi kerak.

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

U o‘z ishidan mamnunligini va prezident uchun ishlash doim rejasida bo‘lganini aytgan.

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar o‘qituvchi ham bor.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.