Totalizatorlarning noqonuniy reklamasi ko‘payib bormoqda
Joriy yil boshidan buyon respublikada bukmeker va totalizatorlik faoliyati bo‘yicha 168 ta noqonuniy reklama aniqlangan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligi ishtirokidagi matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Maʼlumot o‘rnida, bu kabi faoliyat bilan shug‘ullanish fuqarolarning Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-va Jinoyat kodeksining 278-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Agentlik vakili Sherzod Mahamadaliyevning maʼlum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda elektron qimorni ochiq reklama qilish holatlari ko‘paygan. Bu esa, o‘z navbatida, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning qo‘pol buzilishi hisoblanadi. Mazkur qonunning 6-moddasiga ko‘ra, Respublika hududida taqiqlangan mahsulot haqida maʼlumot tarqatish man etiladi.
Jahongir Qo‘ziyev







