Jahon

Xitoy kelajakda Afg‘onistondan harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin

Bagram aerodromi Afg‘onistondagi eng katta harbiy baza sanaladi. Unda hamma narsa: havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi, bombapana, harbiy gospital kabi muhim obyektlar bor. Bir vaqtning o‘zida Bagramda 100 ming harbiyni joylashtirish imkoni mavjud. Xitoy kelajakda aerodromning yangi egasiga aylanishi mumkin.

Xitoy kelajakda Afg‘onistondan harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin

 

AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etgandan so‘ng mamlakatda turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 85 milliard dollarlik qurol-yarog‘ qoldirib ketdi. Rossiya mudofa vaziri Sergey Shoygu hozirda “Tolibon” Ukraina armiyasidan yaxshi qurollanganini maʼlum qilgan.

 

Vashington qurol va texnikadan tashqari ko‘plab zamonaviy harbiy bazalarni tashlab chiqqan. Bu bazalar ham endi toliblar nazoratida. Ammo harakat aynan shu nuqtada bir qancha muammoga duch kelgan. Ulardan eng kattasi – zvmonaviy infrastrukturani boshqara oladigan kadrlar yo‘qligi. Malakali injener va mutaxassislarning ko‘pi Afg‘onistonni tark etgan. Shuning uchun “Tolibon” maʼlum bir davrda yirik obyektlardan foydalanishni chet elliklarga topshiradi. Bu jarayon allaqachon boshlangan. Jumladan, Kobul aeroporti Qatar va Turkiya ixtiyoriga berilishi kutilmoqda.

 

Bundan  tashqari mamlakatda yana bir muhim nuqta bor – Bagram aerodromi. Bagram Kobuldan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan shahar. O‘tmishda undan Sovet armiyasi ham, AQSH qo‘shinlari ham keng foydalangan. AQSHning Afg‘onistondagi eng yirik bazasi ham aynan Bagram aerodromida joylashgan edi. Ushbu inshoot qurilishida hamma narsa hisobga olingan: unda havo  hujumiga qarshi mudofaa tizimi, bombapana, harbiy gospital mavjud. Eng muhimi u aholi yashash punktlaridan uzoqda joylashgan.

 

Ana shu aerodromdan endi Xitoy foydalanishi mumkin. Xitoy varianti “Tolibon” uchun bir qancha omillar tufayli muhim.

 

Birinchidan, Xitoy Afg‘onistonga katta investitsiyalar kiritish niyatida. Toliblar bazani taqdim etish orqali Pekin bilan aloqalardagi ishonchni mustahkamlashi mumkin.

 

Ikkinchidan, Pekinning Bagramdagi ishtiroki Kobul xalqaro aeroportini ishga tushirayotgan Qatar va Turkiyani muvozanatga solib turadi.

 

O‘z navbatida Xitoy ham aerodromdan foydalanishdan manfaatdor. Bazada noyob texnologiyalar qolgan va bu Xitoyga ularni o‘rganishga imkon beradi.  Shuningdek, Pekin aerodromdan iqtisodiy loyihalarini nazorat qilishda tayanch nuqta sifatida foydalanadi.

 

Xitoy kelajakda aerodromdan harbiy maqsadlarda ham foydalanishi mumkin. Sababi Afg‘onistonda uni hamma ham qarsak chalib kutib olayotgani yo‘q: unga qarshi kuchlar mavjud. Ularga qarshi kurashda Bagram katta yordam beradi.

 

Lekin rasmiy Pekin bu maʼlumotlarni  inkor qilmoqda. “Tolibon” ham Afg‘onistonda xorijiy kuchlar ishtirokiga yo‘l qo‘ymasligini taʼkidlab keladi. Katta ehtimol bilan Xitoy ham Turkiya uslubini qo‘llashi mumkin – maxsus kuchlar va xususiy harbiy kompaniyalar yordamida aerodrom xavfsizligini taʼminlaydi va undan o‘z harbiy-siyosiy maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida foydalanadi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: mingdan ortiq bola vafot etdi

Mamlakatda 19,8 milliondan ziyod bola emlanganiga qaramay, kasallik tarqalishi davom etmoqda.

custom img

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok eta olmaydi.

custom img

Tijoriy guvohnoma va immigratsiya ishi: AQSHda ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi

Ulardan biri avval ham mast holda avtomobil boshqargani uchun sudlangan.

custom img

13 yoshgacha — taqiq, 15 yoshgacha — cheklov: Yevropada ijtimoiy tarmoqlarga yangi talablar

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yangi yosh cheklovlari kiritilishi taklif qilinmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"