Jamiyat

Samarqanddagi to‘yda 74 kishi ovqatdan zaharlangan

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi “Algar”  mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida 2021 yilning 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan to‘yda qatnashchilarning 74 nafari ommaviy zaharlangan.

Samarqanddagi to‘yda 74 kishi ovqatdan zaharlangan

 

Bemorlar tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga ovqat toksikoinfeksiyasi tashxisi bilan yotqizilgan.

 

Taʼkidlanishicha, shifoxonaga 2021 yilning 13 iyul kuni 37 nafar, 14 iyul kuni 31 nafar bemor yotqizilgan.

 

Holat bo‘yicha viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga belgilangan muddatda xabar berilmagan. Masʼul tashkilot bu haqda 15 iyul kuni viloyat prokuraturasi orqali xabar topgan.

 

Qayd etilishicha, ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida bemorlar ahvoli yaxshilanib, 19 iyul kuni barchasiga javob berilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada 25 nafar bola zaharlangandi  hamda Mirobod tumani va Oqqo‘rg‘on tumanidagi  bog‘chalarda yuz bergan zaharlanishlar yuzasidan izoh berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"