Toshkentda YPX xodimi qoida buzgan haydovchiga chora ko‘rmasdan ketishiga ruxsat bergan
Ijtimoiy tarmoqda “Toshkentda GAI: Bo‘ldi ketavering. O‘zimizni yigit-ku bu” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Video yuzasidan YHXBB maʼlumot eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, 2021 yilning 10 sentyabr kuni soat 12:00 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida YPX xodimi O.Shokirjonov tomonidan “Matiz” rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Haydovchi boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagan hamda yo‘l chizig‘i talabiga rioya qilmagan.
O‘zaro muloqot vaqtida jarayonga YPX xodimi Sh.Nuraliyev aralashgan va haydovchiga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilmasdan ketishiga ruxsat berilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda yuk mashinasi YPX xodimining xizmat mashinasi bilan to‘qnashgandi hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qayerga tushishi aytilgandi.







