Sirdaryoda 8 oy ichida 15 276 nafar chaqaloq dunyoga keldi
DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar shoʻbasining bergan maʼlumotlariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha jami 15 276 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Shulardan 7 917 nafari o‘g‘il, 7 359 nafari esa qiz bolalardir.


Taʼkidlanishicha, eng ko‘p - 4 938 nafar chaqaloqning tug‘ilishi Guliston shahar FHDYO bo‘limi tomonidan qayd etilgan.
Tumanlar kesimida:
Guliston shahar - 4938
Yangiyer shahar - 855
Shirin shahar - 201
Boyovut tumani - 1415
Xovos tumani -1350
Sirdaryo tumani - 2130
Mirzobod tumani - 694
Oqoltin tumani - 848
Sardoba tumani - 930
Sayxunobod tumani - 1123
Guliston tumani – 792.
Avvalroq O‘zbekistonda olti oyda qancha chaqaloq dunyoga kelgani hamda 2021-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillarining umumiy 54 660 tug‘ilish holati qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







