Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha uzib qo‘yildi
14-sentabr kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar “Chinobod” ko‘chasidagi 100 ta yerli xonadonlarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati maʼlum qildi.


Maʼulm qilinishicha, 2021-2022 yillar kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, «Hududgaz Poytaxt» GTF‘ning “Yunusobodtumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan Chinobod ko‘chasida joylashgan «CRYSTAL PAINT» MCHJ ko‘p qavatli uyning o‘rta bosim yer osti D – 219 mm gaz quvurini harakatdagi D – 325 mm gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, Chilonzor tumani Gavhar mahalla hududidagi D – 426 mm yer osti o‘rta bosim gaz quvurini mukammal taʼmirlash ishlari yakunlanganligi sababli, qayta ulash ishlari «Hududgaz Poytaxt» GTF‘ning «Yer osti gaz quvurlari xizmati» tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, shu sababli 14 sentyabr soat 11:00 dan 18:00 ga qadar “Do‘mbirabod”, «Katta Do‘mbirabod», Gavhar, “Naqqoshlik” mahalla hududidagi 2 971 ta yerli xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi 49 ta ko‘p qavatli uylardagi 1 908 ta xonadonlar va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzillardagi 10 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.







