Avgust oyida qancha oila ajrashgani maʼlum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning avgust oyida 3 286 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 899 taga ko‘p.


2021-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajrimlar soniga ko‘ra, Toshkent shahri (2 830 ta), Farg‘ona (2 111 ta) va Samarqand viloyat (2 041 ta)lari yetakchilik qilgan.
Tahlillarga ko‘ra, ko‘plab yoshlarning oila qurishga tayyor emasligi, sog‘lig‘iga eʼtiborsizlik, yigitlarning oila boshqarish, ro‘zg‘orni moddiy taʼminlashni o‘z burchi deb bilmasligi, qizlarning esa uy bekasi, onalik vazifasini tushunmasligi, aksariyat hollarda qaynona va kelin o‘rtasidagi mojarolar oilalar buzilishiga olib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zamon.uz sayti jamoasi tomonidan ajrimga qanday holatlar sabab bo‘lishi mumkinligi yuzasidan aholimizning fikri o'rganilgandi.







