Jamiyat

Fuqaro o‘z saqlovida bo‘lgan tarixiy gazetalar to‘plamini Milliy arxivga topshirdi

Arxiv o‘tmishga nazar solishdir. Demakki, bunda hatto birgina bitik ham moziydan so‘zlaydi. O‘z davrida chop etilgan gazeta va jurnallarning ahamiyati haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi.

Fuqaro o‘z saqlovida bo‘lgan tarixiy gazetalar to‘plamini Milliy arxivga topshirdi

 

 

Buning masʼuliyatini his eta olgan fuqaro Alfiya Davronova o‘zining oilaviy arxivida saqlanib kelgan, o‘zbek yozuvida nashr etilgan “Yangi Farg‘ona” nomli gazetalar to‘plamini ixtiyoriy ravishda davlat saqloviga topshirdi.

 

Mazkur gazetalar to‘plami 1928 yillarga oid bo‘lib, unda O‘zbekistonning XIX asr boshlaridagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotidagi muhim voqealar o‘z aksini topgan. Ayni vaqtda Milliy arxivning ilmiy xodimlari tomonidan ushbu gazetalarning qimmatlilik darajasi va undagi maqolalarning mazmun-mohiyati o‘rganilmoqda.

 

 

Maʼlum qilinishicha, Milliy arxivning tajribali restavratorlari manbalar ustida ish olib boradi.

 

Milliy arxiv mutaxassislari ushbu qimmatli hujjat kelajakda yurtimizga oid asl tarixning ochilmagan qirralarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi, degan umidda.

 

Maʼlumot o‘rnida, bugungi kunda O‘zbekiston Milliy arxivi nafaqat respublikadagi, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik arxivlardan biridir. Uning fondlarida yurtimizning IX asridan tortib, to shu bugungi kungacha  bo‘lgan davriga oid boy tarixi aks etgan noyob hujjatlar jamlangan.

Fuqaro o‘z saqlovida bo‘lgan tarixiy gazetalar to‘plamini Milliy arxivga topshirdi | Zamon.uz