Jamiyat

Noqonuniy sharʼiy nikoh o‘qigan ayol va uch erkak jazolandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud o‘tkazildi. Unda tumanda sharʼiy nikohni belgilangan tartiblarga zid ravishda o‘qigan fuqarolar ishi ko‘rib chiqildi.

Noqonuniy sharʼiy nikoh o‘qigan ayol va uch erkak jazolandi

 

 

 

Maʼlum qilinishicha, fuqarolarga noqonuniy sharʼiy nikoh o‘qiganlar orasida ayol kishi ham bor. Ayol I.N. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida jarimaga tortilgan. Yana bir fuqaro K.Q.ga (erkak) 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Shuningdek, sharʼiy nikohni belgilangan tartiblarga zid ravishda o‘qigan yana ikki nafar erkak — M.M va X.T.ga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobarida jarima jazosi tayinlangan.

 

 

Bahriniso Madumarova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"