Jamiyat

O‘zbekistonda eng ko‘p egizaklar qaysi viloyatda tug‘ilgani maʼlum qilindi

Farzand – bu ota-onaning quvonchi, baxti va hayot davomchisi. Bu neʼmat Alloh taoloning bandalariga beradigan son-sanoqsiz neʼmatlari ichidagi eng bebaho neʼmatlaridandir. Deyarli barcha ota-onalar farzandlari egizaklar bo‘lishini xohlaydi. Uni ayniqsa, o‘zgacha quvonch bilan kutishadi.

O‘zbekistonda eng ko‘p egizaklar qaysi viloyatda tug‘ilgani maʼlum qilindi

 

 

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda 390,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 8527 nafari egiz tug‘ilganlar.

 

 

Hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni (yanvar—iyun oylarida):

 

  • Samarqand viloyati — 1100 nafar;

  • Farg‘ona viloyati — 992 nafar;

  • Andijon viloyati — 867 nafar;

  • Qashqadaryo viloyati — 812 nafar;

  • Namangan viloyati — 715 nafar;

  • Toshkent viloyati — 713 nafar;

  • Surxondaryo viloyati — 640 nafar;

  • Toshkent shahri — 586 nafar;

  • Buxoro viloyati — 426 nafar;

  • Jizzax viloyati — 415 nafar;

  • Xorazm viloyati — 381 nafar;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 369 nafar;

  • Navoiy viloyati — 283 nafar;

  • Sirdaryo viloyati — 228 nafar.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida jami 391 258 ta tug‘ilish qayd etilgan. 

O‘zbekistonda eng ko‘p egizaklar qaysi viloyatda tug‘ilgani maʼlum qilindi | Zamon.uz