Siyosat

Shavkat Mirziyoyev «SHHT – Afg‘oniston» formatida uchrashuvlar o‘tkazish taklifini bildirdi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 17 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev «SHHT – Afg‘oniston» formatida uchrashuvlar o‘tkazish taklifini bildirdi

 

 

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida bugungi xalqaro munosabatlarda Shanxay hamkorlik tashkilotining roli oshib borayotganini taʼkidladi.

 

– O‘tgan davrda SHHT xalqaro siyosatning muhim subyektiga aylandi, nufuzli xalqaro tuzilmalar qatorida munosib o‘rin egalladi. “Shanxay ruhi” tamoyillari asosida mintaqaviy sheriklik mustahkamlanib bormoqda. Yangi xatar va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi umumiy salohiyat ortib bormoqda, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligimiz kengaymoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Davlat rahbari ishtirokchilar eʼtiborini SHHT kun tartibida turgan dolzarb masalalarga qaratdi hamda ularni hal etish yuzasidan aniq takliflarni ilgari surdi.

 

– Bugun barchamiz jahonda va mintaqada keskinlik ortib borayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Pandemiyaning salbiy oqibatlari saqlanib qolmoqda. Bularning barchasi bizdan tashkilotimiz doirasida yana-da jipslashishimizni va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimizni talab qilmoqda, – dedi prezident.

 

O‘zbekiston yetakchisi umumiy xavf-xatar va tahdidlarga o‘z vaqtida va birgalikda javob qaytarish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, SHHT makonida do‘stlikni mustahkamlash va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

 

 

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan xavotir bildirildi. Mamlakatning yangi hokimiyati bilan muloqotni rivojlantirishning aniq prinsiplari taklif etildi. Davlat boshqaruvida afg‘on jamiyatining barcha qatlamidan siyosiy vakillar bo‘lishi, inson, xususan, xotin-qizlar hamda milliy ozchiliklar huquq va erkinliklariga rioya qilinishi shular jumlasidandir.

 

 

Bu boradagi saʼy-harakatlarni birlashtirish va Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish masalalarini keng muhokama qilish maqsadida prezident kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo‘yicha sheriklarni jalb qilgan holda “SHHT – Afg‘oniston” formatida yuqori darajadagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish taklifini bildirdi. Birinchi shunday uchrashuvni Toshkentda o‘tkazish mumkinligi aytildi.

 

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Dushanbe shahrida SHHTdagi yig‘ilishda qilgan maʼruzasida Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini qaytarib berishga chaqirgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev «SHHT – Afg‘oniston» formatida uchrashuvlar o‘tkazish taklifini bildirdi | Zamon.uz