Eng dolzarb

Erdo‘g‘an Suriya masalasida Putin bilan uchrashmoqchi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an senyatbr oxirida Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Erdo‘g‘an Suriya masalasida Putin bilan uchrashmoqchi

 

 

Maʼlum qilinishicha, uchrashuv Sochida o‘tkaziladi. Suriyadagi vaziyat muhokamalarning asosiy mavzusiga aylanadi. So‘nggi kunlarda ushbu mamlakat shimoli-g‘arbida vaziyat keskinlashmoqda. Idlib va uning atrofida to‘qnashuvlar boshlangan. Halab viloyatida  ham notinchlik hukmron. Xususan, Rossiya harbiy-kosmik kuchlari 17 sentyabr kuni ushbu viloyatning Darat-Izza shahriga zarbalar bergan.

 

2020 yilda har ikki davlat Idlibda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan edi. Hozirda Turkiya va Rossiya bir-birini erishilgan kelishuvlarni buzishda ayblab kelmoqda.

 

Garchi o‘zaro kelishmovchiliklar bo‘lsa-da, lekin ularni birlashtirib turadigan umumiy manfaatlar ham bor. Masalan, Anqara NATO aʼzosi bo‘lishiga qaramay, Rossiyaning S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini sotib olish bo‘o‘yicha kelishuvga erishgan.  Shuningdek, Turkiyaga har yili millionlab rossiyalik turistlar keladi. Qayd etilishicha, davlat rahbarlari bu masalalarni ham muhokama qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Suriya Prezidenti Bashar Asad Moskvaga eʼlon qilinmagan tashrif bilan kelgani maʼlum qilingandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"